UZ: YANGILIKLAR

Energiya intensivligini kamaytirishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning potentsialini ochish mavzusidagi akademik vebinar

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi professor o‘qituvchilari Qozog'istonning MNU Iqtisodiy Tadqiqotlar Markazi tomonidan o‘tkaziladigan "Energiya intensivligini kamaytirishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning potentsialini ochish" mavzusidagi akademik vebinarida qatnashadilar.

Mazkur vebinarda Qozog‘iston va O‘zbekistonning yetakchi iqtisodchilari va tadqiqotchilari ishtirok etadi, bu esa networking va akademik hamkorlik uchun noyob imkoniyat yaratadi.

Taqdimotchilar:

Dr. Hayot Saydaliyev – Makro-moliya, davlat moliyasini boshqarish, bank ishi va risklar sohasidagi mutaxassis.

Dr. Ikboljon Kasimov – Biznes va Tadbirkorlik Oliy maktabining Ilmiy tadqiqotlar va grantlar bo‘limi boshlig‘i va dotsenti.

Dr. Nygmetzhan Kuzenbayev – MNU Universiteti assistent-professori va shu universitetning Iqtisodiy Tadqiqotlar Markazi direktori.

Barchangizni ushbu seminarga taklif etamiz.

🗓 21-mart, 2025-yil

16:00 da

🎞 Online

🔗 Qatnashish uchun "Zoom link":
https://us06web.zoom.us/j/82967855090?pwd=Qz5DlpHdD7R1vxzVJ4zpbuUsL1qswW.1